Uz Ru En
Asosiy / Yangiliklar / Abdulaziz Komilov va..
Asosiy saxifaga qaytish

Abdulaziz Komilov va Sergey Lavrov Rossiyada ishlayotgan o‘zbekistonliklarga munosib sharoitlarni yaratish masalasini ko‘rib chiqdi

12.09.2020 12:09

2020-yilning 10-sentabr kuni ShHTga a’zo davlatlar Tashqi ishlar vazirlari kengashining majlisida ishtirok etish uchun Moskva shahriga kelgan O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov Rossiya Federatsiyasi Tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov bilan uchrashdi.

 

O'zbekiston Respublikasi Tashqi Ishlar Vazirligining matbuot hizmatining xabar berishicha, suhbat davomida O‘zbekiston-Rossiya kun tartibining asosiy masalalari hamda ayrim xalqaro va mintaqaviy muammolar yuzasidan fikr almashildi.

 

Tomonlar izchil mustahkamlanayotgan va hamkorlikning yangi shakllariga ega bo‘layotgan ko‘p qirrali ikki tomonlama munosabatlarni yuqori sur’atlarda rivojlanayotganidan mamnun ekanliklarini ma’lum qildilar.

 

Turli daraja va shakllarda, jumladan O‘zbekistonning MDHdagi raisligi doirasida bo‘lib o‘tadigan ikki tomonlama va ko‘p tomonlama tadbirlarning tashkiliy jihatlari muzokaralarning alohida mavzusi bo‘ldi.

 

Uchrashuvda savdo-iqtisodiy va investitsiya aloqalarini faollashtirish bo‘yicha amaliy takliflarni ko‘rib chiqildi. Tashqi siyosat idoralari rahbarlari ikki mamlakat hukumatlari tomonidan pandemiya sharoitida ushbu yo‘nalishdagi faollikning pasayishiga yo‘l qo‘ymaslik bo‘yicha ko‘rilayotgan choralarni ijobiy baholadilar.

 

Madaniy-gumanitar sohada, ilm-fan, ta’lim va sog‘liqni saqlash yo‘nalishlarda qo‘shma loyihalarni amalga oshirishda hamkorlik qilish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

 

Shuningdek, mehnat faoliyati bilan bog‘liq ravishda Rossiya Federatsiyasida bo‘lib turgan O‘zbekiston fuqarolari uchun munosib sharoitlarni yaratish masalasiga alohida to‘xtalindi.

 

Vazirlar oliy va yuqori darajadagi aloqalar doirasida erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish jarayonlarini ham muhokama qildilar.

 

Do'stlar bilan ulashish:

Sharh qoldirish uchun iltimos shaxsiy profilingizga kiring