Uz Ru En
Asosiy / Yangiliklar / Finlyandiya hukumati..
Asosiy saxifaga qaytish

Finlyandiya hukumati mamlakatga kirish qoidalarini soddalashtirishni rejalashtirmoqda

12.09.2020 11:09

Finlyandiya sayyohlar uchun mamlakatga kirish qoidalarini soddalashtirmoqchi. 

 

Bu haqda Helsingin Sanomat xabar berdi.
“Vazirlar mahkamasi Finlyandiyada chegara nazorati va turizmni osonlashtiradi. So‘nggi 14 kun ichida 100 ming aholiga 25 ta yangi kasallikka chalinish holati to‘g‘ri kelgan davlatlar aholisi mamlakatga karantinga rioya qilmasdan kirishlari mumkin”, — deyiladi xabarda.

 

Daryo.uzning axborotiga ko'ra pandemiya boshlanganidan buyon Finlyandiya hukumati Yevropa Ittifoqida chegaralarni ochish bo‘yicha eng qat’iy standartlardan biriga amal qilib, har 100 kishiga 8 ta COVID-19 bilan kasallanish holati to‘g‘ri kelgan mamlakatdagi vaziyatni yaxshi deb baholab kelgan.

Vazirlar yig‘ilishi arafasida cheklovlardan eng ko‘p zarar ko‘rgan ko‘plab sanoat birlashmalari (transport, mehmonxonalar, turizm) amaldorlarni chet ellik sayohatchilar uchun kirish standartlarini o‘zgartirishga chaqirgan bayonotlar bilan chiqqan.

Do'stlar bilan ulashish:

Sharh qoldirish uchun iltimos shaxsiy profilingizga kiring