Uz Ru En
Asosiy / Yangiliklar / AGAR SIZ QOZOG'ISTON..
Asosiy saxifaga qaytish

AGAR SIZ QOZOG'ISTONDA HIBSGA OLINGAN BO’LSANGIZ, QANDAY HUQUQLARGA EGA BO‘LASIZ?

08.09.2020 12:09

Qozogʻiston Respublikasi “Chet el fuqarolarining huquqiy holati haqida”gi qonuning 25-moddasida:

 

Qozogʻiston Respublikasi hududida jinoiy, maʼmuriy yoki boshqa huquqbuzarliklar sodir etgan chet elliklar, Qozogʻiston Respublikasi fuqarolari bilan umumiy asosda javobgarlikka tortiladi, Qozogʻiston Respublikasi ratifikatsiya qilgan xalqaro shartnomalarda belgilangan holatlar bundan mustasno.

 

Demak, Qozogʻiston Respublikasi jinoyat kodeksining normalariga (6-boʻlim, 64-modda) asoslanadigan boʻlsak, hibsga olingan shaxs quyidagi huquqlarga ega:

 

- hibsga olgan shaxsdan huquqlari toʻgʻrisida tushuntirish olish;

- nimadan gumon qilinayotganini bilish;

- politsiya idorasida hibsga olish toʻgʻrisida protokol tuzilishi kerak.48 soatdan keyin hibsga olingan shaxsni ozod qilish kerak, yoki sud qaroriga binoan ozodlikni cheklash muddati uzaytiriladi.

- himoyachi (advokat) ni mustaqil ravishda yoki uning qarindoshlari yoki ishonchli shaxslari orqali tanlash va ishga jalb qilish. Agar himoyachi gumon qilinuvchi, uning qarindoshlari yoki ishonchli shaxslari tomonidan jalb etilmagan boʻlsa, jinoiy taʼqib qilish organi ushbu Kodeksning 67-moddasi uchinchi qismida belgilangan tartibda uning ishtirokini taʼminlashi shart;

- agar ishga fuqarolik daʼvosi ham bogʻliq deb topilgan boʻlsa, fuqarolik javobgarning huquqlaridan foydalanish;

- himoyachi bilan soʻroq boshlanishidan oldin, shaxsiy va maxfiy uchrashuv oʻtkazish;

- koʻrsatmalarni faqat advokat hozirligida berish;

- ishga taalluqli qarorlar, protokollar va iltimosnomalardan nusxa olish;

- guvohlik berish yoki guvohlik berishdan bosh tortish;

- dalillarni taqdim etish;

- iltimosnoma yuborish;

- oʻz ona tilida guvohlik berish;

- tarjimonning bepul yordamidan foydalanish;

- unga nisbatan sudgacha probatsiya oʻtkazish toʻgʻrisida probatsiya xizmatiga murojaat qilish;

- jinoiy taʼqib qilish organining ruxsati bilan yoki uning iltimosiga binoan oʻtkaziladigan tergov harakatlarida ishtirok etish;

- qonunda nazarda tutilgan hollarda jabrlanuvchi bilan yarashish;

- tergovning istalgan bosqichida prokurorga iltimosnoma yuborish yoki protsessual kelishuvni tuzish va uning jazo turi va choralari toʻgʻrisida oʻz takliflarini bayon etgan holda roziligini bildiradi va protsessual bitimni tuzish;

- uning ishtirokida oʻtkazilgan tergov harakatlari bayonnomalari bilan tanishish va bayonnomalarga oʻzgartirishlar kiritish;

- tergovchi, surishtiruvchi, prokuror va sudning harakatlari (harakatsizligi) va qarorlari toʻgʻrisida shikoyat berish;

- qiynoqlardan, shafqatsiz va gʻayriinsoniy munosabatlardan himoya talab qilish, agar bunday holatlar kuzatilsa masʼul prokurorga yoki sudga shikoyat bilan murojaat qilish;

- oʻz huquqlari va qonuniy manfaatlarini qonunga zid boʻlmagan boshqa yoʻllar bilan himoya qilish;

- ushbu Kodeksda belgilangan tartibda tergov yakunida ish materiallari bilan tanishish va undan har qanday maʼlumotlarni yozib olish, shuningdek ilmiy va texnik vositalardan foydalangan holda nusxalarini olish, davlat sirlarini yoki qonun bilan qoʻriqlanadigan boshqa sirlarni tashkil etuvchi maʼlumotlar bundan mustasno;

- jinoiy taʼqibning tugatilishiga qarshi chiqish;

 

Shuningdek, chet el fuqarolari;

-hibsda ushlab turishganligi haqida Oʻzbekiston Respublikasining Qozog'iston Respublikasidagi elchixonasi va konsulxonasiga xabar berishlarini talab qilish

Do'stlar bilan ulashish:

Sharh qoldirish uchun iltimos shaxsiy profilingizga kiring