Uz Ru En
Asosiy / Yangiliklar / Migrantlar uchun Tur..
Asosiy saxifaga qaytish

Migrantlar uchun Turkiya qonunchiligi

08.09.2020 10:09

Turkiya Respublikasining Jinoyat kodeksining 1-moddasida: “Hech kim qonun bilan huquqbuzarlik deb tan olinmagan qilmishi uchun jazoga tortilishi mumkin emas”, deyilgan.

Agar siz jinoyat sodir etganlikda gumon qilinib hibsga olingan boʻlsangiz, sizning quyidagilarga huquqingiz bor:

 

  • hibsga olinishingizning sababi va asoslari toʻgʻrisida bilish;
  • hibsda ushlab turishganligi haqida Oʻzbekiston Respublikasining Turkiya Respublikasidagi elchixonasi va konsulxonasiga xabar berishlarini talab qilish
  • hibsga olingan paytdan boshlab advokat yordamidan foydalanishga, u bilan birinchi soʻroqqacha shaxsiy va maxfiy ravishda uchrashishga bepul advokat huquqiga ega.
  • koʻrsatma berish yoki bermaslik;
  • agar siz turk tilni bilmasangiz tarjimon xizmatidan foydalanish huquqiga egasiz;
  • qarindoshlaringizni hibsga olinganingiz haqida xabardor qilishlarini talab qilish;
  • politsiya idorasida hibsga olish toʻgʻrisida protokol tuzilishi kerak.
  • 48 soatdan keyin hibsga olingan shaxsni ozod qilish kerak, yoki sud qaroriga binoan ozodlikni cheklash muddati uzaytiriladi.
  • Soʻroq qilinganlik haqidagi protokolning yoki ishga bogʻliq boshqa protsessual harakatlarning protokolining aniq mazmunini bilmasdan, ular bilan tanishib chiqmasdan, ularni imzolamay huquqiga egasiz;
  • qiynoqlardan, shafqatsiz va gʻayriinsoniy munosabatlardan himoya talab qilish, agar bunday holatlar kuzatilsa masʼul prokurorga yoki sudga shikoyat bilan murojaat qilish.
  •  

Maʼmuriy hibsga olinganda ham fuqaro tepada sanab oʻtilgan huquqlarga ega. Maʼmuriy hibs 3 soatdan oshmasligi lozim

 

Batafsil maʼlumot uchun:

1.Turkiya Respublikasi Jinoyat kodeksi

  1. Chet el fuqarolari va xalqaro himoya haqidagi qonun

Do'stlar bilan ulashish:

Sharh qoldirish uchun iltimos shaxsiy profilingizga kiring